Samolyot bortida yo‘lovchilardan besh ming dollar o‘g‘irlagan styuard qo‘lga olindi
Dubayda aviakompaniya styuardi biznes-klassdagi yo‘lovchilardan 5000 dollar o‘g‘irlash ayblovi bilan sud qilinmoqda. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, hodisa Bangkokdan Dubayga parvoz qilgan uch aka-uka o‘zlari bilan birga bo‘lgan otalarining ahvolidan xabar olish uchun o‘z joylarini tark etishganida yuz berdi. Ular o‘z o‘rinlariga qaytgach, jami 18,5 ming BAA dirhami (5 ming dollar) yo‘qolganligini aniqlashdi.
Samolyotni tekshirish uchun kelgan politsiyachilar bortda yo‘qolgan pullarni topa olishmadi. Ular tomonidan olingan barmoq izlari bo‘yicha gumondor - Misrning 37 yoshli fuqarosi, reys iqtisod-klassida styuard bo‘lib ishlagan shaxs qo‘lga olindi.
Tergov jarayonida ayblanuvchi dastlab o‘z aybini tan olmadi, keyinchalik o‘g‘rilik sodir etganligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘nishdan avval o‘marilgan kupyuralarni hojatxonada oqizib yuborgan, bu voqeadan politsiya xabardor etilgani tufayli yuz bergan, deb xabar qiladi nashr.
Hodisa 21 iyun kuni sodir bo‘lgan, gumondor 24 iyul kuni, bir oydan keyin Dubay aeroportida politsiya tomonidan ushlandi. Voqea ro‘y bergan aviakompaniya nomi oshkor etilmayapti, biroq, qator OAV ma'lumotiga ko‘ra, bu Emirates samolyoti bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:44 / 06.12.2024
BAAda yana 9 o‘zbekistonlik ushlandi. Ular bilan 11 kundan buyon hech kim ko‘risha olmayapti
22:30 / 05.12.2024
Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
22:46 / 28.11.2024
Dubayda suzib yuruvchi politsiya uchastkasi ish boshlaydi
01:49 / 26.11.2024