Samolyot selfi qilishga uringan ikki qizning o‘limiga sabab bo‘ldi
Meksikaning Chinipas shahrida ikki qiz uchish-qo‘nish yo‘lagida selfi qilayotgan paytida jiddiy jarohat olib, halok bo‘lishdi. Bu haqda Proceso nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, qizlar Chinipasga mahalliy aeroport yaqinida bo‘lib o‘tayotgan poygalarni tomosha qilish uchun kelishgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, poygadan so‘ng ular uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirib olib, u yerda selfi qilishmoqchi bo‘lishdi. Suratga olish bilan band bo‘lgan qizlar yengil motorli samolyot yaqinlashib kelayotganini ko‘rishmagan, natijada uning qanoti qizlarning boshiga kelib urilgan va ular voqea joyida halok bo‘lishgan.
Nashrdan taxmin qilishlaricha, samolyot ovozi atrofdagi shovqinni bosib yuborgan. Samolyot uchuvchisining qo‘shimcha qilishicha, u qizlarni ko‘rgan, lekin to‘qnashuvdan qochishning imkoni bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘lim bilan yakun topgan selfilar soni qaysi davlatda eng ko‘pligi aniqlangandi.
Mavzuga oid
00:47 / 21.12.2024
Meksikada har bir xodim ish joyida stulga ega bo‘lishini kafolatlovchi qonun qabul qilindi
17:50 / 20.12.2024
Meksikadagi qamoqxonada qurolli isyon yuz berdi
22:26 / 10.12.2024
Tramp Meksika va Kanadaga AQSh shtatlariga aylanishni taklif qildi
20:40 / 02.12.2024