Jamiyat | 15:20 / 25.10.2018
10847
1 daqiqa o‘qiladi

Internet orqali 14 mln so‘mni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Foto: iStock

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida joriy yilning 21 oktabr kuni Jizzax shahar Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi M.A. (ismli ayol) IIBga murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u shu yil 17 oktabr kuni plastik kartochkasiga 14 mln. so‘m pul tushirganligi va ushbu pullarni noma'lum shaxs o‘g‘irlab olganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Arnasoy tumanida yashovchi Sh.P. elektron ijtimoiy to‘lov tarmog‘i orqali ruxsatsiz boshqa bir tanishi M.M.ning plastik kartasiga o‘tkazganligi aniqlanib, Sh.P. qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mavzuga oid