Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining, Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Gulnora Normurodova 1985 yilda Jizzax tumanida tug‘ilgan.
U mazkur tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
2018 yildan 2024 yilgacha viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Nazira Muxtorova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.
Shuningdek, Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Z.Saidova 1978 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Mavzuga oid
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
19:08 / 16.12.2024
Samarqandda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi
15:25 / 15.12.2024