O‘zbekistonda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni. Toshkent viloyatida qator xodimlar mukofotlandi
O‘zbekistonda 25 oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu bayram nafaqat, tinchlik posbonlari xonadonida, balki respublika bo‘ylab bayram shukuhida o‘tadi.
Aynan shu bayram arafasida Toshkent viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining xizmatda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi buyrug‘i e'lon qilindi. Buyruq o‘qilishi asnosida boshqarma boshlig‘i polkovnik Sh.Umarov mukofotlangan har bir xodimga alohida minnatdorchilik bildirib, qolganlarni ham ulardan o‘rnak olishga chaqirdi.
- Bu yilgi kasb bayramini biz butunlay o‘zgacha tarzda nishonlashga qaror qildik, - deydi Toshkent viloyati IIB YHXB kadrlar bo‘limi boshlig‘i, mayor Adham Ismoilov. - Shu sababli bayram bilan faqatgina ibrat ko‘rsatgan xodimlarni emas, shu bilan bir qatorda ularning ota-onalarini ham tabrikladik. Buning uchun mukofotlangan har bir xonadonga tashrif buyurib, xodimlarimizning ham yashash sharoitlari, turmush tarzlari bilan tanishdik. Oila a'zolari bilan suhbatlashdik. Shuningdek, boshqarmamiz tomonidan ajratilgan sovg‘alarni va ota-onalari nomiga yozilgan tashakkurnomalarni topshirdik. Shunday farzandni tarbiyalab voyaga yetkazganlari uchun ularga minnatdorchilik bildirdik.
KUN.UZ tahririyati Ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayramlari bilan tabriklaydi. Mashaqqatli va shu bilan birga sharafli ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.
Mavzuga oid
18:48 / 27.12.2024
Toshkent viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi
13:50 / 27.12.2024
Toshkent viloyatidagi uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
16:16 / 17.12.2024