Jahon | 10:48 / 30.10.2018
8710
2 daqiqa o‘qiladi

Chingiz Aytmatovning 90 yillik yubileyiga kollektsion tangalar chiqarildi

Foto: Qirg‘iziston milliy banki

29 oktabrdan Qirg‘iziston milliy banki “Tarixiy voqealar” seriyasidan o‘rin olgan, mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning 90 yillik tavallud kuniga “Chingiz Aytmatovning 90 yilligi” deb nomlangan kollektsion tangani muomalaga kiritdi.

Tanganing old tomonida yozuvchining surati va imzosi, chetida “Chyңgyz Aytmatov — 90 jyl" / Chingiz Aitmatov — 90 years” degan yozuv bor. O‘ng tomonda tanganing qiymati – 20 som ko‘rsatilgan.  

Kollektsion tanganing orqa qismida esa Qirg‘iziston gerbi, oq kema va Ona-bug‘u hamda tanga chiqarilgan yil – 2018 ko‘rsatilgan.

Foto: Qirg‘iziston milliy banki

Har bir tanga akril kapsulaga solinib, sertifikat ilova qilingan alohida futlyarga joylashtirilgan.

Mis-nikel tangadan 5 ming dona chiqarilgan. U 25 gramm kelib, 700 som turadi.

Joriy yilda yozuvchining 90 yillik tavallud ayyomi uning ona yurti Qirg‘iziston va boshqa ko‘plab davlatlarda keng nishonlanmoqda. Jumladan, Turk madaniyati xalqaro tashkiloti 2018 yilni Chingiz Aytmatov yili deb e'lon qilgan.

Chingiz Aytmatov 1928 yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas viloyati Shakar qishlog‘ida dunyoga kelgan, 2008 yilda Germaniyaning Nyurnbergida hayotdan ko‘z yumgan. Qirg‘iziston va Qozog‘iston xalq yozuvchisi. Uning ko‘plab asarlari jahon adabiyoti durdonalari qatoridan joy olgan.

Mavzuga oid