O‘zbekiston | 13:02 / 06.06.2023
36816
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 1902 yilgi oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkentda 1902 yilda ishlab chiqarilgan oltin tangani sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan DXX va Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro A.T. va boshqalar 1902 yilda ishlab chiqarilgan og‘irligi 32,22 gram bo‘lgan 1 dona “Nikolay-2” oltin tangasini 100 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Madaniy meros agentligining xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin tanganing bugungi kundagi bahosi 1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid