O‘zbekiston | 07:50 / 19.07.2024
5406
1 daqiqa o‘qiladi

11 ming dollarga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 11 ming AQSh dollariga sof quyma oltin bo‘lagini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti

Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqarolar I.I. va S.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqarolar N.B. va U.M.ga og‘irligi 154,3 gramm bo‘lgan 1 dona sof quyma oltin bo‘lagini 11 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid