Jahon | 10:27 / 30.10.2018
31175
2 daqiqa o‘qiladi

Saratonni yo‘q qilishning yangi usuli aniqlandi

Foto: MIHNEA BOSTINA

Otago universiteti (Yangi Zelandiya) olimlari Seneka-Valli virusi saraton hujayralarini qanday zararlashi va ularni yo‘q qilishini o‘rganib chiqishdi. Kelajakda bu salbiy o‘simtalarni davolashning yangi usulini yaratish imkonini beradi. Bu haqda EurekAlert!’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Mutaxassislar o‘simta hujayralarining yuqori kenglikdagi krioelektron mikroskopiya yordamida zararlanishini kuzatishdi, bunda namunalar past harorat sharoitida bo‘ladi. Ma'lum bo‘lishicha, Seneka-Valli virusi zararlangan hujayralar yuzasida joylashuvchi ANTXR1 oqsil retseptori bilan bog‘lanadi. Shu bilan birga, sog‘lom to‘qimalarga xos bo‘lgan ANTXR2 tegilmagan infeksion agent bo‘lib qoladi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot natijalari Seneka-Valli virusini qo‘llash usulini ishlab chiqishda yordam beradi, bunda organizmda unga barqarorlik paydo bo‘lmaydi. Bunga agentni ANTXR1 bilan o‘zaro aloqada bo‘luvchi qismni qoldirish darajasida modifikatsiya qilinsa hamda inson immun tizimi reaksiya bildiradigan holatni olib tashlasa, erishsa bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar qish faslidagi jiddiy xavf haqida ogohlantirishgandi.

Mavzuga oid