Ronaldu «Real»ning yana bir futbolchisini «Yuventus» rahbariyatiga tavsiya qildi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub rahbariyatini «Real» darvozaboni Keylor Navas transferiga undamoqda, deb xabar beradi Goal.com.
31 yoshli posbon shu yil yozda Tibo Kurtua «Chelsi»dan Madridga kelgach, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib bormoqda. U Chempionlar ligasining so‘nggi 3 mavsumida birinchi raqamli darvozabon bo‘lib, «Real»ning ketma-ket bosh sovrinni qo‘lga kiritishiga hissa qo‘shib kelgan edi.
Navas ushbu mavsumda «qaymoqranglilar»ning 7 ta o‘yinida ishtirok etib, ulardan 3 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar Marseloning «Yuventus»ga kelishi ehtimoli haqida xabar berib kelinadi. Shuningdek, o‘tgan hafta transfer huquqi «Real»ga tegishli, ayni paytda «Bavariya» sharafini himoya qilayotgan Xames Rodriges ham Turinga kelishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024