Sport | 13:00 / 12.11.2018
10369
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Gundo‘g‘anning goli uzluksiz 44 pasdan keyin urildi. «Siti»da tiki-taka

«Manchester Siti» va «MYu» o‘rtasidagi derbi uchrashuvida mezbonlar yarimhimoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an uchinchi golga mualliflik qildi.

U zarba berish nuqtasiga chiqib borguniga qadar «shaharliklar» uzluksiz ravishda bir-birlariga 44 marta to‘pni uzatishgandi.

Bu jarayonda jamoaning deyarli barcha futbolchilari ishtirok etishdi.

Opta ma'lumotiga ko‘ra, APLda oxirgi marta bunday kombinatsiyadan keyin gol urilishi 2015 yilda, «MYu» va «Sauthempton» o‘yinida kuzatilgandi. Bu o‘yinda Xuan Mata gol urguniga qadar jamoadoshlari 45 marta aniq to‘p uzatishni amalga oshirishgandi.

Nashr 2006-07 yilgi mavsumdan buyon urilgan shunday kombinatsion gollar ro‘yxatini tuzib chiqqan.

1) 48 pas: Nosir Shodli, «Tottenhem» – «KPR» (24.08.2014)

2) 45 pas: Xuan Mata, «MYu» – «Sauthempton» (20.09.2015)

3) 44 pas: Ilkay Gundo‘g‘an, «Man Siti» – «MYu» (11.12.2018)

4) 40 pas: Morgan Shnayderlin, «Sauthempton» – «Nyukasl» (13.09.2014)

5) 37 pas: Eshli Yang, «MYu» – «Blekbern» (02.04.2012)

6) 33 pas: Jyervino, «Arsenal» – «Uigan» (03.12.2011)

Ma'lumot uchun, Gvardiola jamoasi o‘tgan mavsumda Liga kubogi o‘yinida «Vest Bromvich» darvozasiga 52ta aniq pasdan keyin gol urgandi.

 

Mavzuga oid