Sport | 10:50 / 14.11.2018
15403
2 daqiqa o‘qiladi

Ibrahimovichning MLS`dagi debyutida urgan supergoli minglab gollar orasidan eng yaxshisi deb topildi

Foto: LA Galaxy ‏

MLS mavsumning eng chiroyli golini e'lon qildi. Uning muallifi - «Los-Anjyeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich.

Shvetsiyalik futbolchining 31 martda «Los-Anjyeles» darvozasiga kiritgan goli 1247 ta gol orasidan eng yaxshisi deb e'tirof etilgan. Bu uning MLS`dagi debyut o‘yini edi. 91-daqiqada kiritilgan ushbu g‘alaba golidan so‘ng hisob 4:3 ko‘rinishiga kelgan, bu golga Eshli Koul hammualliflik qilgan.

Kecha Ibrahimovich MLS`ga yangi kelgan futbolchilar ichida eng yaxshisi deb e'tirof etilgan, «Di Si Yunayted»dagi hamkasbi Ueyn Runi bilan yil ramziy terma jamoasiga kiritilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli futbolchi shu yilning mart oyida «Manchester Yunayted»dan hozirgi klubi safiga borib qo‘shilgan edi. Mavsum davomida u Kaliforniya klubining 27 o‘yinida qatnashib, o‘z hisobiga 22 ta gol va 6 ta samarali to‘p uzatishni yozib qo‘ydi. «Los-Anjyeles Gelaksi» pley-offga chiquvchi oltilik orasiga kira olmay, mavsumni 7-o‘rinda yakunladi.

Mavzuga oid