O‘zbekiston | 17:35 / 15.11.2018
13152
1 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion rivojlanish vaziriga birdaniga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

Foto: iStock

Innovatsion rivojlanish vaziriga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Sharof Rajabboyev Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Oybek Norinboyev Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
 
Joriy yilning avgust oyi boshlarida «Buyuk kelajak» XNNT a'zosi Yo‘lbarsxon Mansurov O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangandi

Undan avval, iyul oyi o‘rtalarida Azimjon Nazarov ham O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimini egalladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi ilg‘or xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal innovatsion rivojlantirishni ta'minlash maqsadida tashkil etilgan.

Mavzuga oid