O‘zbekiston | 22:13 / 20.11.2018
23224
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident tashrifidan keyin. Qoraqalpog‘istonda yana bir tuman hokimi o‘zgardi

20 noyabr kүni Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib, tumanning yangi hokimi tayinlandi.

Endilikda Qo‘ng‘irot tumaniga shu vaqtgacha Xorazm viloyati hokimligining iqtisod va ishbilarmonlik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri bo‘lib ishlab kelgan Berdax Seytmuratovich Saparov rahbarlik qiladi.

Tumanning sobiq hokimi Sharaprashid Keo‘limjayevich Temirbayev faoliyatini IIB tizimida davom ettiradi.

Sh.Temirbayev 2016 yilning oktabridan buyon Qong‘irot tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bundan avvalroq Qashqadaryo viloyati prokurori o‘rinbosari Yangaboy Aminovich Babadjanov To‘rtko‘l tumanining yangi hokimiga aylangani xabar qilingandi.

Qayd etish kerakki, bu lavozimiy o‘zgarishlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi ortidan ro‘y bermoqda.

Mavzuga oid