Light | 15:23 / 23.11.2018
32751
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh og‘rig‘i bezovta qilyaptimi? Muzlatkichni tekshiring!

Foto: Fotolia

Bosh og‘rig‘i – yoqimsiz holat. Ishxonada diqqatni jamlashga, kechki paytlari dam olish va uxlashga, tongda esa – muammolarsiz uyg‘onishga qo‘ymaydi. Dorilar biroz vaqt davomidagina uni bartaraf eta oladi. Biroq boshqa yo‘li ham  bor – oziq-ovqat mahsulotlari. Muzlatkichni ko‘zdan kechiring. Balki og‘riqdan xalos bo‘lishingiz uchun sizga aynan mana shu mahsulotlar yetishmayotgandir.

Foto: Shutterstock

B12 va foliy kislotasi

Usiz zo‘riqish, diqqatni jamlay olmaslik va migren sizni doimiy ravishda ta'qib qiladi. Bu foydali moddani nazardan qochirmang. Defitsit o‘rnini to‘ldirish maqsadida menyuga qizil lavlagi, qovoq, tuxumni kiriting.

Foto: Depositphotos

B6

Yangi sabzavot, don-dun va loviya bu vitaminga boy. U nafaqat yoqimsiz og‘riqdan xalos etadi, balki ichak faoliyatini ham normallashtiradi.

Foto: Pixabay

D vitamini

Shuning uchun ertalablari boshingiz og‘riydi. Ko‘proq tuxum va dengiz mahsulotlarini iste'mol qiling va ko‘proq sayrga chiqing.

Foto: Pixabay

Mis va temir

Jigar, dengiz karami, yong‘oqlar sizga yordamga keladi. Agar organizmda bu elementlar kam bo‘lsa, bosh tez-tez og‘riydi, arterial qon-bosim tushib ketadi.

Foto: Pixabay

Agar ovqatga bog‘liq bo‘lmasa-chi?

U holda sport, sayr, piyoda yurish – oddiyroq qilib aytganda toza havodagi faollik. Salomatlik uchun foydali bo‘lgan aynan shu mashg‘ulotlar kuch va quvvat to‘plashda yordam berib, dorixonadagi har qanday dori vositasidan ko‘ra og‘riqlardan yaxshiroq xalos etadi.

Siz yuqorida aytilgan mahsulotlarni iste'mol qilasizmi?

Mavzuga oid