Light | 14:41 / 03.07.2019
39391
5 daqiqa o‘qiladi

Muzlatgichdagi yoqimsiz hiddan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Sizga osh sodasi, qahva, kartoshka, gazeta va qo‘l ostidagi boshqa vositalar yordam beradi, deya maslahat berdi Layfxaker.

Nima uchun muzlatgichda hidlar paydo bo‘ladi?

Ko‘pincha aynigan mahsulotlar tufayli. Shuning uchun ular to‘planib qolmaganini tekshiring.

Ayrim hollarda bunga to‘lib qolgan drenaj teshigi sabab bo‘lishi mumkin. Uni suv oqib tushadigan idish kabi vaqti-vaqti bilan tozalash kerak.

Muzlatgichdagi kirlangan rezinali mustahkamlagich ham yoqimsiz hid chiqarishi mumkin.

Yodingizda bo‘lsin: plastik hidlarni o‘ziga tez singdiradi. Shuning uchun ularga qarshi kurashni qancha ortga sursangiz, ular shunchalik o‘tkirlashadi.

Muzlatgichdagi hidlardan  qanday xalos bo‘lish mumkin?

Agar aynigan mahsulotlarni tashlab yuborgan, drenaj va mustahkamlagichni tekshirgan bo‘lsangiz-u, biroq hid saqlanib qolsa, dastlab muzlatgichni yaxshilab yuving.

Buning uchun osh sodasi va sirka eritmasi mos keladi. 1-2 osh qoshiq soda yoki 2-3 osh qoshiq sirkani 1 l iliq suvda eriting va devor hamda tokchalarni yaxshilab arting. Limon sharbati bilan qo‘shimcha tarzda ishlov berish mumkin.

Muzlatgichlar uchun maxsus tozalash vositalari ham yordam beradi. Ular kirlanish, yoqimsiz hidni ketkazadi. Odatda sprey ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ularni o‘ramdagi yo‘riqnomaga qarab qo‘llang.

Agar tozalashdan keyin ham muammo yo‘qolmasa, do‘kondagi va mustaqil tarzda tayyorlangan hidni o‘ziga singdiruvchilar asqotadi.

Agar hid kuchli bo‘lmasa, muzlatgichni yuvish o‘rniga, shuningdek, profilaktika sifatida ulardan foydalanish mumkin.

Hidlarni o‘ziga singdiruvchi

Kichkina bankacha yoki sasheni muzlatgichga o‘ramda ko‘rsatilgan muddatgacha solib qo‘ying.

Osh sodasi

U hidlarni a'lo darajada o‘ziga singdiradi. Muzlatgichga ochiq pachkani solib qo‘ying yoki keng idishga sodani sepib qo‘ying.

Как избавиться от запаха в холодильнике с помощью соды

Sodani taxminan oyiga bir marta almashtirish kerak.

 

Qahva

U ham hidlarni o‘ziga singdirish xususiyatiga ega. Muzlatgichga eriydigan qahva, qahva donalari solingan kichik stakanni qo‘ying. Vositani taxminan oyiga bir marta almashtiring.

Bir necha kun yoki bir kecha ichida yengil hidni ketkazishi mumkin.

Aktivlashtirilgan ko‘mir

Aktivlashtirilgan ko‘mir 10-20 ta xapdorilarini likop yoki boshqa idishga solib maydalang. Muzlatgichda 1-2 kun davomida saqlang.

Profilaktika uchun vositani oyiga bir marta yoki undan ko‘proq almashtirish kerak.

Tuz yoki shakar

Bir necha osh qoshiq tuz yoki shakarni likop yoki boshqa keng idishga solib, muzlatgichga soling. Bir oydan keyin yoki hatto undan oldinroq ham almashtiring.

Gazeta

G‘aroyib, biroq ish beradigan usul. Bir necha gazeta varaqlarini majaqlang va ularni sabzavotlar solinadigan joyga yoki yondagi tokchalarga joylang. Haftasiga bir marta almashtiring.

Как избавиться от запаха в холодильнике с помощью газеты

Aytgancha, gazetani muzxonaga solib qo‘yish ham mumkin.

Non

Muzlatgich tokchalariga bir necha qora non bo‘laklarini joylang. U barcha yoqimsiz hidlarni o‘ziga singdiradi. Bo‘laklarni sutkasiga bir marta almashtirgan ma'qul. Foydalanilgan nonni iste'mol qilish kerak emas.

Kartoshka

1-2 ta yirik kartoshkani bir necha qismga bo‘ling. Ularni likoplarga solib, 1-2 kunga muzlatgichga solib qo‘ying.

Choy xaltachalari

Foydalanilgan choy xaltachalarini tashlab yuborishga shoshilmang. Bir necha donasini muzlatgich tokchalariga joylang, ular yoqimsiz hidni o‘ziga singdiradi. Ularni haftasiga bir marta yoki undan ko‘proq almashtiring.

Tsitrus mevalar

1-2 ta limon, apelsin yoki greypfrutni yirik bo‘laklarga bo‘lib, likopchalarga taxlang va muzlatgichga qo‘ying. Ularni taxminan ikki kunda bir marta almashtiring.

Profilaktika uchun sitrus mevalar po‘chog‘idan foydalanish mumkin: ular kuchli hidlarni yenga olmaydi.

Как избавиться от запаха в холодильнике с помощью газеты

Tsitrus mevalar yordamida muzlatgichdagi hiddan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Po‘choqlarni matodan tikilgan qopchaga solib, muzlatgichga joylang. Tsitrusli hid yo‘qolgach, po‘choqlarni almashtiring.

Mavzuga oid