Jahon | 00:23 / 24.11.2018
14136
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda taniqli ayolga avtobusdagi surati sababli jarima yozib berildi 

Xitoyning Ninbo shahrida yuzlarni tanish tizimi avtobusda surati tushirilgan taniqli ayolga svetoforning qizil chirog‘iga o‘tganlik uchun jarima yozib berdi. 
    
Ma'lum qilinishicha, voqea shahardagi chorrahalardan birida yuz bergan. Yo‘l harakati qoidabuzarliklari ortidan kuzatuvchi tizim svetoforning yashil chirog‘iga o‘tayotgan avtobusning tashqarisidagi reklamada aks etgan ayol suratini tirik odam deb qabul qilgan. Suratda xitoylik taniqli tadbirkor ayol Dun Minchju tasvirlangan bo‘lgan. 

Tizim qoidabuzarlikni qayd qilganda, surat chorrahadagi maxsus ekranda chiqqan. Yon-atrofdagi odamlar xatoni payqab, vaziyatni suratga olishgan va u bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishgan. 

Politsiya gap nimadaligini bilgach, xatoni tan olgan, texnik xodimlar esa tizimga tegishli tuzatishlar kiritishgan.

Mavzuga oid