Jamiyat | 22:57 / 26.11.2018
33721
1 daqiqa o‘qiladi

Bokschi o‘g‘liga sovg‘a olish uchun chempionlik kamarini sotuvga qo‘ydi

Foto: fightnews.info

Shotlandiyalik bokschi Ronni Klark o‘g‘liga Rojdestvo sovg‘asi xarid qilish uchun IBF chempioni kamarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda World Boxing News nashri ma'lum qilgan.  

“Men fevralda qo‘lga kiritgan, ikkinchi yarim yengil vazndagi IBF chempioni kamarini sotuvga qo‘ydim. Uni o‘g‘limga sovg‘a olish uchun pulim yo‘qligi sababli sotmoqdaman”, deb aytgan Klark.

Bokschining ta'kidlashicha, u kamarga dastxatini qo‘yib berishi va xaridor istasa, uni shaxsan yetkazib berishi mumkin. Kamarning dastlabki narxi 1050 funt sterlingni tashkil qiladi. 

Bokschi ushbu kamarni joriy yil fevralida raqibi Zelfa Barett jangdan voz kechganidan keyin qo‘lga kiritgan. Klarkning hisobida hammasi bo‘lib 21 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat va bir durang natija bor.  

Mavzuga oid