Jahon | 15:04 / 28.11.2018
22235
2 daqiqa o‘qiladi

Migrant ayol AQShdan 60 mln dollar talab qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlariga qo‘lida bir yoshli chaqaloq bilan kirgan gvatemalalik migrant ayol farzandining vafoti tufayli davlatdan 60 million dollar talab qildi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Yazmin Xuarez qizi Mariya vafot etganida davlat tuzilmalarini ayblamoqda. Uning vakillari bildirishicha, bola onasi bilan Texas shtati Dilli shahridagi migrantlarni saqlash markazida bo‘lgan paytida kasalga chalingan. Nafas yo‘llarining jiddiy xastaligiga qaramay, qiz va onasi yetarli tibbiy yordam ko‘rsatilmay turib markazdan chiqarib yuborilgan. Bir yarim oydan keyin u hayotdan ko‘z yumdi.

Arnold & Porter yuridik firmasi ish bilan shug‘ullanmoqda. Uning vakili R. Stenton Jons ma'lum qilishicha, davlatda Xuarezga tovon puli to‘lab berish uchun yarim yil bor, aks holda ish sudga yuboriladi. «Bolalarni qamoqqa olib, AQSh hukumati ularning xavfsizligi, qulayligi va sanitariya sharoitlari uchun javobgarlikni ham o‘z zimmasiga oladi», - dedi u.

Dilli shahridagi noqonuniy migrantlarni saqlash markazida Amerika migratsiya xizmatlari onalarni bolalari bilan joylashtiradi.

Mavzuga oid