Sport | 21:10 / 29.11.2018
9187
1 daqiqa o‘qiladi

Modrich yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) «Real» klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrichni 2018 yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topdi.

Modrich 272 ochko bilan «Barselona» hujumchisi Lionel Messini (144 ochko) ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni «Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar (114) egalladi.

Yuqori o‘ntalikdan Kevin De Bryuyne (36), Neymar (18), Pol Pogba (14), Kristian Eriksen (10), Miralem Pyanich(7), Xames Rodriges (7) va Krishtianu Ronaldu (5) ham joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Modrich UYeFA, FIFA va Goal nashri tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Mavzuga oid