Jamiyat | 21:30 / 01.12.2018
11167
2 daqiqa o‘qiladi

Masjidlarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi targ‘ibot ishlari tashkil etilmoqda

Azaldan sharqda ayollarga yuksak darajadagi hurmat va e'zoz ko‘rsatib kelingan. Biroq dunyoning barcha mintaqalarida ham ayollar ardoqda emas.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilda dunyo bo‘yicha 87 mingga yaqin xotin-qiz o‘ldirilgan. Ulardan 50 ming nafari uydagi zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan.

Boshqarma ijrochi direktori Yuriy Fedotovning aytishicha, ayollar gender notengligi, tahqirlash va salbiy stereotiplardan eng ko‘p aziyat chekmoqda.

Tahlillarning ko‘rsatishicha, dunyoda uy zo‘ravonligi holatlari soni oshgan. Xususan, 2017 yilda o‘z yaqinlari yoki qarindoshlari zo‘ravonligi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan ayollar soni umumiy qurbonlarning 58 foizini tashkil etdi. Bu 2012 yilga nisbatan 11 foizga ko‘pdir. Bu boradagi eng xavfli hudud Afrika hisoblanadi. Bu yerda har 100 ming xotin-qizga qotillik koeffitsiyenti 3,1 nafarni tashkil etmoqda.

Bu ko‘rsatkichlar Janubiy va Shimoliy Amerikada 1,6, Okeaniya 1,3, Osiyo 0,9, Yevropa 0,7 nafarga tengdir.

Mamlakatimizda ham ayol-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik muammosi bilan muntazam kurashib kelinadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashabbusi bilan Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan e'lon qilingan «16 kunlik» doirasida yurtimizdagi barcha masjidlarda targ‘ibot ishlarini tashkil etdi. Jumladan, Toshkent shahridagi Minor jome masjidida ushbu mavzu yuzasidan juma mav'izasi bo‘lib o‘tdi. 

Mavzuga oid