O‘zbekiston | 15:12 / 13.11.2019
63823
2 daqiqa o‘qiladi

«Minor» masjidiga yangi imom tayinlandi

Toshkent shahridagi markaziy masjidlarga yangi imom-xatiblar tayinlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilishicha, Uchtepa tumani «Said Vaqqos ota» jome masjidi imom-xatibi Foziljon domla Ubaydullayev Yunusobod tumanidagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.

Foziljon domla Ubaydullayev

Ushbu masjidga 2019 yil yanvaridan buyon Toshkent shahrining sobiq bosh imom xatibi Rahimberdi domla Rahmonov imomlik qilib kelayotgandi. 

Rahimberdi domla Rahmonov

Rahimberdi domla Rahmonov 2019 yilning avgustida Toshkent shahri bosh imomi lavozimidan ozod etildi, lekin «Minor» jome masjidiga imomlik qilishda davom etayotgandi.

Endilikda O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi jome masjidlarda ko‘p yillar xizmat qilgan Rahimberdi domla Rahmonov Toshkent shahri Shayxontohur tumani «Kamolon» dahasidagi «Xo‘ja Alambardor» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi. U 2014-2018 yillarda ham ushbu masjidda ishlagan.

«Xo‘ja Alambardor» masjidiga 2019 yil fevralida Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li imom-xatib etib tayinlangan, 2019 yilning sentyabrida esa sog‘ligidagi muammolar tufayli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid