Jamiyat | 19:45 / 03.12.2018
21016
1 daqiqa o‘qiladi

Poyezd kupesidagi yostiq ichiga yashirilgan o‘q-dorilar fosh etildi

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida 324-sonli “Volgograd-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida harakatlanayotgan fuqaro Q.U.ning harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Ushbu shaxs joylashgan kupe vagoni bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, u yostiq ichiga 75 dona ov miltig‘i gilzalari va 5 kg drobni yashirgan holda  yurtimizga olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid