Jahon | 20:41 / 04.12.2018
36316
5 daqiqa o‘qiladi

“Olmazor bog‘” – Apple kompaniyasining ulkan va qimmatbaho qarorgohi

Foto: Instagram /josephrdooley

Ko‘pchiligimiz Apple brendining smartfon, noutbuk, kompyuter, planshet va boshqa turli aksessuarlaridan foydalanamiz. Dunyodagi gigant kompaniyalardan biri Apple smartfonlarining katta qismi Xitoyda yig‘ilishini “ayfon” foydalanuvchilari juda yaxshi biladi.

Biroq Apple kompaniyasining bosh qarorgohi (headquarter) qayerda joylashgani va qanday ko‘rinishda ekanidan ko‘plarning xabari bo‘lmasa kerak, chunki kompaniya bosh qarorgohi kampusining asosiy binosiga jurnalistlarni yo‘latishmaydi. Istisno holat esa iPhone X taqdimotida (Stiv Jobs nomidagi teatr) yuz bergan xolos.

Apple kompaniyasi bosh qarorgohi qurilishi Kaliforniya shtatidagi Kupertino shahrida 2013 yilda boshlangan va 2017 yilda to‘la qurib bitkazilgan. Stiv Jobs kampus ofisdan ko‘ra ko‘proq qo‘riq bog‘ga o‘xshash bo‘lishini istagan. Kompaniya asoschisi uning xalqasimon shaklini o‘zi ta'lim olgan Stenford universiteti bosh maydonidan ilhomlanib ilgari surgan. Dastlab The Apple Campus, keyinchalik Apple Park deya nomlangan qarorgoh aynan Stiv Jobs va arxitektor Norman Fosterning loyihasi asosida qad rostlagan. 2011 yilning 7 iyunida Stiv Jobs bo‘lajak kampusning so‘nggi loyihasini Kupertino shahar kengashiga taqdim etgan.

Apple Park to‘rt qavatli xalqa shaklida barpo etilgan bo‘lib, uning aylana perimetri bir milyani, diametri esa 461 metrni, ofislarning umumiy maydoni esa 71 gektarni tashkil etadi va ulkan fazo kemasini yodga soladi. 12 gektarli ichki hovlida mevali va manzarali daraxtlar, so‘qmoqlar, sun'iy ko‘l ham mavjud.

Qarorgoh joylashgan maydonning narxi 160 million dollarni, umumiy sarf etilgan xarajat esa 5 milliard dollarni tashkil etadi.

Vizit-markazining bog‘ tomonga qaragan ayvoni
Foto: : ipadforums.net

Foto: Instagram /conquistador17
Qarorgoh zinalari
Foto: Instagram /mr.mc_ming 
Asosiy bino ko‘rinishi
Foto: Instagram /derekbenvenuti
Kampusning yaqindan ko‘rinishi
Foto: Instagram /josephrdooley
Qarorgohning quyosh botish vaqtidagi ko‘rinishi
Foto: Instagram /godziltw
Veloturargoh
Foto: Instagram /snoering
Asosiy binoga kirish qismi
Foto: Instagram /s_ton
Foto: Instagram / jmah 
Asosiy binoning ichki qismi
Foto: Instagram /qasidsadiq
Asosiy binoning ichki qismi
Foto: Instagram /godziltw
Foto: Instagram /godziltw
Foto: Instagram /josephrdooley

Kompaniyaning ichki qismi va asosiy binosiga kirish uchun ruxsat haqidagi savollarga esa kompaniya umuman javob bermaydi yoki o‘ta keskin javob qaytaradi. Apple’ning bosh dizayneri Jonatan Ayvning so‘zlariga ko‘ra, Apple o‘z manziliga mahsulotlari deb yog‘ilajak tanqidlarni qabul qilishga tayyor, chunki u mijozlar uchun mo‘ljallangan tovar. Kampus esa kompaniya xodimlari uchun qurilgan.

Jurnalistlar va keng jamoatchilik uchun esa binoga kirish qismida alohida vizit-markaz (Apple Park’s Visitor Center) tashkil etilgan.

Vizit-markazda bosh qarorgohning 3D maketi, kompaniya atributikalari (futbolka, kepka, turli esdalik sovg‘alari) sotiladigan do‘kon, qahvaxona, to‘qqiz ming daraxt ekilgan bog‘ tomonga qaragan terrasa mavjud.

Apple kompaniyasining vizit-markazi
Foto: ArchDaily
Vizit-markaziga kirish qismi
Foto: 9to5Mac
Vizit-markaz qahvaxonasi
Foto: Cnet
Apple Park'ning 3D modeli
Foto: Cnet
Esdalik sovg‘alari to‘plamlari
Foto: Mayk Myorfi
Foto: Instagram /___wan_____
Kechki ko‘rinish
Foto: Instagram / xante78

Kompaniya binosining tashqi tomondan olingan suratlari juda ko‘p, ammo uning ichki tomondan olingan, intererini to‘la namoyon qilib beradigan fotosuratlar juda kam. Apple xodimlari, odatda, o‘zlarining Instagram tarmog‘idagi sahifalarida binoning ichki tomoni, me'moriy yechimi qisman aks etgan fotolarni bo‘lishib turishadi.

Apple Park diametri qanchalik katta ekanligini tasavvur qilish uchun ma'lumot sifatida keltirish mumkinki, Pentagon binosi diametri 431 metrni, Empayr-steyt-bilding balandligi 443 metrni tashkil etadi.

Mavzuga oid