Jahon | 15:48 / 02.03.2020
9702
2 daqiqa o‘qiladi

Stiv Jobsning bevasi farzandlarini merossiz qoldirishga qaror qildi

56 yoshli ayolning boyligi 27,5 milliard dollarga baholanmoqda, ammo u o‘z aktivlarini uch nafar merosxo‘riga qoldirmoqchi emas

Foto: Getty Images

Apple asoschisining bevasi, 56 yoshli Loren Pauell Jobs o‘z farzandlariga erining o‘limidan keyin qolgan ko‘p milliard dollarlik merosni qoldirmoqchi emas. U bu haqda The New York Times’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u ijtimoiy tengsizlikni adolatsizlik deb biladi va bir tomonda millionlab boshqa odamlarning birgalikdagi puli bilan teng bo‘lgan ulkan mablag‘ning mavjud bo‘lishiga keskin qarshi chiqadi. Shu bilan birga, Loren Pauellning boyligi taxminan 27,5 milliard dollarga baholanmoqda.

- Men boylikni avloddan-avlodga qarab ko‘paytirib borishni xohlamayman va buni farzandlarim yaxshi biladi, - deya ma'lum qildi u. - Agar men uzoq umr ko‘rsam, hammasi o‘zimning davrimda tugaydi.

Apple asoschisining bevasi «Stivning o‘zi» buni xohlaganini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Loren va Stivning uch farzandi bor: 1991 yilda - uning yagona o‘g‘li Rid Jobs, 1995 yilda qizi Erin va 1998 yilda qizi Iv tug‘ilgan. Biroq, axborot texnologiyalari sohasida afsonaviy imperiyani yaratgan shaxs uchun bu ikkinchi oila hisoblanadi. 1978 yilda Stiv Djobsning birinchi xotini qiz farzand - Liza Brennan-Jobsni dunyoga keltirgan.

Mavzuga oid