Jahon | 08:11 / 05.12.2018
6485
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda tabiiy ofatlar 11 mingdan ko‘proq kishining hayotini olib ketdi 

Foto: Thomas B. Shea/AFP/Getty Images

2017 yilda tabiiy ofatlar 11,5 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 375 mlrd dollardan ko‘proq zarar yetkazdi. Tabiiy ofatlardan eng ko‘p Puerto-Riko, Gonduras va Myanma zarar ko‘rgan. Bundan davlatlarning global iqlim xavflari indeksi reytingi (KRI) darak bermoqda. Bu reyting 4 dekabrda Polshaning Katovitsa shahrida o‘tayotgan BMTning iqlim bo‘yicha anjumanida taqdim qilindi.

Umumiy hisobda o‘tgan 20 yil ichida tabiiy ofatlardan 526 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lgan, yetkazilgan zarar esa 3,5 trln dollarni tashkil qilmoqda.

“Joriy yildagi rekord darajadagi qurg‘oqchilik va anomal yuqori haroratlar reytingning keyingi tahririda Yevropa davlatlari mutaxassislarning diqqat markaziga yanada ko‘proq tushishiga olib kelishi mumkin”, deb aytgan KRIning bosh tuzuvchisi David Ekshtayn.

KRI indeksi muayyan davlatlar ekstremal ob-havo hodisalari, xususan, issiq havo, dovullar, toshqinlar va boshqa tabiiy ofatlardan qanchalik ziyon ko‘rganini ko‘rsatadi. 

Mavzuga oid