Sport | 10:05 / 05.12.2018
9443
1 daqiqa o‘qiladi

Valverde: «Messining beshinchi o‘rindaligi – g‘irt be'manilik»

Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichni «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgani bilan tabriklab, shogirdi Lionel Messi so‘rovnomada beshinchi o‘rinni olganiga munosabat bildirdi. Uning so‘zlarini Goal nashri chop etgan.

«Messi «Oltin to‘p» so‘rovnomasi natijasiga ko‘ra beshinchi o‘rinni olgani haqida gapirishni istamayman. Hammaning o‘z fikri bor. Buni haq yoki nohaq deb ko‘rsatish mening ishim emas. Modrichni mukofot bilan tabriklayman, ammo Messining beshinchi o‘rindaligi – bema'nilik», - deb aytgan Valverde.

Eslatib o‘tamiz, jurnalistlardan yig‘ilgan ovozlar yakuniga ko‘ra Messi 280, Modrich esa 753 ball to‘plagan edi.

Mavzuga oid