O‘zbekiston | 22:27 / 07.12.2018
5823
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro hunarmandchilik festivalining eng yaxshi logotipi uchun tanlov e'lon qilindi, mukofot fondi - 10 mln so‘m

«Hunarmand» assotsiatsiyasi 2019 yilning 10-15 sentabr kunlari Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro hunarmandchilik festivalining eng yaxshi logosi uchun tanlov haqida e'lon qildi. Unda reklama va marketing sohasi professionallari bilan bir qatorda istagan kishi ishtirok etishi mumkin, deya xabar beradi uzbekistan.travel sayti.

Tanlov shartlariga ko‘ra, logotipning original versiyasini qisqa izoh bilan tayyorlab, shaxsiy ma'lumotlaringiz bilan birga info@handicraftman.uz elektron pochtasiga yo‘llashingiz kerak bo‘ladi.

Eng yaxshi uch variant festival tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etiladi. G‘olib 2019 yilning 15 yanvar kuni aniqlanadi.

Mukofotlar quyidagicha taqsimlanadi:

1-o‘rin: 7 million so‘m;

2-o‘rin: 2 million so‘m;

3-o‘rin: 1 million so‘m.

Tanlov shartlari va texnik vazifalarga oid batafsil ma'lumotlarni www.handicraftman.uz saytidan olishingiz mumkin.

Telefon: (+99871) 279-80-88

Mavzuga oid