Toshkent viloyati hokimi Tatariston prezidenti bilan nega uchrashdi?
Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov Qozon shahrida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar oldingi uchrashuvlarda erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning holati, shuningdek, mavjud vaziyatni muhokama qildilar.
Tatariston rahbarining aytishicha, tomonlar neft qazib olish sanoati sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Shuningdek, uning eslatishicha, Tatariston O‘zbekistonda loyiha institutlaridan birining filialini ochish maqsadida ekanini bildirgan.
Minnixanovning ta'kidlashicha, Tatariston va Toshkent viloyati ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishi mumkin: tayyor mahsulotlarni yetkazib berishdan tortib, qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirishgacha.
Mavzuga oid
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
12:55 / 21.12.2024
Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
16:16 / 17.12.2024
Toshkent viloyatida 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
20:14 / 16.12.2024