O‘zbekiston | 11:06 / 08.12.2018
7982
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston OPEC’ga kuzatuvchi sifatida qo‘shildi - OAV

Foto: AFP

O‘zbekiston OPEC’ga kuzatuvchi sifatida qo‘shildi, deya xabar bermoqda TASS Birlashgan Arab Amirliklari energetika vaziri, OPEC konferensiyasi raisi Suhayl al-Mazriyga asosan.

«Men bugun «OPEC bo‘lmagan», kuzatuvchi sifatida bizga qo‘shilgan yangi ishlab chiqaruvchilarga minnatdorchilik izhor qilmoqchiman. Ular Chad, Janubiy Afrika Respublikasi, O‘zbekiston, shuningdek, Afrika neft ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi», - dedi u.

Shuningdek, Suhayl al-Mazriyning umid bildirishicha, O‘zbekiston va boshqalar hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaga qo‘shiladi.

OPEC 1960 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda kartel barcha o‘rganilgan neft zaxiralarining qariyb 80 foizini nazorat qiladi hamda jahondagi qazib olinuvchi neftning 40 foizidan ortig‘ini ta'minlaydi.

OPEC’ga 15 mamlakat (Jazoir, Angola, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Qatar, Kongo Respublikasi, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Ekvador, Ekvatorial Gvineya) kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar OPEC'ni tark etishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid