O‘zbekiston | 08:20 / 13.12.2018
15828
1 daqiqa o‘qiladi

Xodimlari Toshkentda propiska olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xodimlari Toshkent propiskasi olishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paygani xabar qilingandi.

Mavzuga oid