O‘zbekiston | 10:06 / 06.11.2024
3154
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasida 31 xodimga intizomiy chora qo‘llandi, 14 xodimning maxsus unvoni pasaytirildi

Soliq qo‘mitasida joriy yilning 10 oyi, jumladan oktyabr yakuni natijalari va yilni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Soliq qo‘mitasi

Hay’at yig‘ilishida prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov, qo‘mita markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq boshqarma hamda  inspeksiya (videokonferensaloqa orqali) boshliqlari ishtirok etdi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Samarqand,Toshkent viloyatlari hamda yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish hududiy soliq inspeksiyalarida to‘liq foydalanilmayotgan yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib berildi.

Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

  • to‘lov intizomini mustahkamlash orqali soliq qarzini qisqartirish;
  • ortiqcha to‘lov summalarini hosil qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikka yo‘l qo‘ygan sub’yektlarga ko‘maklashish;
  • ogohlantirishlardan keyin ham kamchiliklarni takrorlashda davom etayotgan ayrim xavfdagi soliq to‘lovchilarga nisbatan manzilli soliq nazorati tadbirlarini samarali tashkil etish.

Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 31 nafar xodimlarga intizomiy choralar qo‘llandi.

Shuningdek, samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash natijasiga ko‘ra, 14 nafar xodimning maxsus unvoni pasaytirilib, 12 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Mavzuga oid