Jizzax akkumulyator zavodi ustidan nazoratni sotish kechiktirildi
«O‘zavtosanoat» AJga qarashli «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ 51,78% paketining «Toshkent» Respublika fond birjasining birja savdolariga qo‘yilishi 2018 yilning 20 dekabriga ko‘chirildi.
«O‘zavtosanoat» xabariga ko‘ra, bu ehtimoliy xorijiy investorlarga savdoda ishtirok etishlari uchun qo‘shimcha vaqt berish maqsadida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax akkumulyator zavodini xususiylashtirish boshlangani xabar qilingandi.
Iyun oyida prezident Shavkat Mirziyoyev korxonani yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror imzoladi. Choralar ichida xorijiy investorlarga ustav fondidagi nazorat to‘plamini sotish ham bor.
Xususan, «O‘zavtosanoat» davlat kompaniyasiga tegishli bo‘lgan zavod aksiyalarining 51,78 foizi belgilangan tartibda xorijliklarga sotiladi. Shu munosabat bilan kompaniyaga to‘plamning bozor narxini aniqlash va uni birja savdolariga qo‘yish topshirig‘i berilgandi, aynan shu hozir yuz beryapti.
Bu hukumat yirik korxonalarni aksiyalarini birjada sotish hisobidan sog‘lomlashtirishga qaror qilayotgan birinchi holat emas - yanvar boshida Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Co.Ltd kompaniyasi «Urganch ekskavator» zavodi aksiyalari 51 foizini sotib olishi ma'lum bo‘ldi. May oyida aksiyalar chiqarildi.
Jizzax akkumulyator zavodi Energy, Atlant, Classic, Hoppenergy savdo belgilari ostida akkumulyator batareyalari hamda boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
09:44 / 12.12.2024
Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi
18:54 / 10.12.2024