Jamiyat | 12:43 / 14.12.2018
6144
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda harbiy xizmatchilarning oila a'zolari uchun “Mehnat yarmarka”lari tashkil etildi 

Joriy yilning 11-12 dekabr kunlari Toshkent shahri hududida joylashgan harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning mehnat bilan band bo‘lmagan oila a'zolarini ishga joylashtirilishiga ko‘maklashish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarka”lari tashkil etildi. 

Yarmarkalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent harbiy prokuraturasi, Yashnobod, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumani xokimliklari, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasiga qarashli aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hamkorligida o‘tkazildi. 

Mehnat yarmarkalarida qayd qilingan tuman hududlarida joylashgan 40 ga yaqin davlat hamda nodavlat tashkilotlari o‘zlarining 2000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan  ishtirok etishdi. Yarmarkaga jami 200 dan ortiq harbiy xizmatchilarning oila a'zolari jalb etilgan.

Tadbir davomida Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini o‘zlariga maqbul bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasblarni tanlash va ishga joylashtirish borasida amaliy yordam ko‘rsatilib, mehnat qonunchiligi, shu jumladan mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkalari yakunlariga ko‘ra 50 nafardan ortiq harbiy xizmatchilarning mehnat bilan band bo‘lmagan oila a'zolariga yo‘llanmalar berilishi ta'minlangan.

Mavzuga oid