Fan-texnika | 17:41 / 14.12.2018
63725
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UMS “Eksklyuziv” tarif rejasini ishga tushirdi

UMS’ning yangi tarif rejasi bo‘yicha O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz suhbatlashish imkoniyati, 15 000 MB mobil Internet va 3 000 SMS taqdim etilmoqda. Abonent to‘lovi oyiga atigi 70 000 so‘m bo‘lgan ushbu tarif rejasiga faqatgina 2019 yilning 10 yanvarigacha ulanish mumkin.

Foto: UMS

Abonent o‘z mobil operatoridan ko‘proq nimani kutadi? Sifatli aloqanimi?! Yoki past narxlarni?! Balki ko‘proq megabayt va daqiqalarnidir?! Qaysi variantni tanlashingizdan qat'iy nazar UMS’ning “Eksklyuziv” tarif rejasi bilan barcha qulayliklarga ega bo‘lasiz!

Tarif rejasi bo‘yicha O‘zbekiston mobil operatorlari tarmoqlari va shahar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar uchun cheksiz daqiqalar beriladi. Ko‘p suhbat qiladiganlar uchun bu juda qulay. Shuningdek, har oyda abonentlarga naq 15 000 megabayt taqdim etiladi! Bu esa Internetdan mazza qilib foydalanish, video ko‘rish va ko‘chirish, “og‘ir” fayllar bilan ishlash, onlayn o‘yinlar o‘ynash uchun juda ham asqatadi. SMS-xabarlar orqali suhbat quruvchilar uchun esa tarif rejasi bo‘yicha 3 000 ta SMS beriladi. Bularning barchasi uchun abonent oyiga atigi 70 000 so‘m to‘laydi!

Qulay taklif-ku, deysizmi? Albatta! Bunday narxga shuncha limitlar mamlakatimiz aloqa bozorida taqdim etilmaydi. Shuning uchun ham ushbu tarif rejasi – UMS’dan sizlar uchun eksklyuziv taklif! Tarifga faqatgina 2019 yilning 10 yanvarigacha ulanish mumkin. Bu sanadan keyin tarif yangi ulanishlar uchun yopiladi va undan faqatgina avval ulanib olganlar foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu tarif rejasining abonentiga aylanish uchun UMS ofislariga yoki kompaniyaning tijorat hamkorlari savdo shoxobchalariga murojaat qilish, raqam tanlash va tarifning birinchi abonent to‘lovi uchun haq to‘lash kerak. UMS’ning boshqa tarif rejalaridan bu tarifga o‘tib bo‘lmaydi.

«Eksklyuziv» tarif rejasini ishlab chiqishda biz abonentlarimiz safiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlarning fikr-mulohazalariga quloq tutdik. Ko‘plab takliflarni jamlab, hamma uchun maqbul bo‘ladigan, yetarlicha daqiqa va megabaytlarni o‘z ichiga olgan mahsulotni yaratdik. Boshqa xizmat va aksiyalarimiz qatorida «Eksklyuziv» tarif rejasi o‘zbekistonliklar uchun yana bir Yangi yil tuhfasi bo‘ldi, deb umid qilamiz”, – deydi «UMS» MChJ Elmir Gabdeyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UMS kompaniyasi mamlakat telekommunikatsiya bozorida suhbatlashishning yangi davrini ochib berdi. Kompaniyaning yangi abonentlari o‘z tarif rejalaridan foydalanib, 3 oy davomida O‘zbekiston bo‘yicha mutlaqo cheksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, bu davr ichiga ularga har oy 1000 MB bonus ham taqdim etilmoqda.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni UMS’ningwww.ums.uz veb saytidan hamda rasmiy Telegram kanalidan (https://t.me/UMSuzb) olish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid