O‘zbekiston | 15:50 / 21.12.2018
133552
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona qo‘mitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriy qo‘lga olindi

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriy hibsga olingan. Bu ma'lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga tasdiqladi.

«Muidjon Tohiriy qo‘lga olindi. Hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtai nazaridan boshqa ma'lumot berilishi maqsadga muvofiq emas», deya ma'lumot bergan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova.

O‘z vaqtida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qo‘riqlash xizmatiga rahbarlik qilgan Muidjon Tohiriy 2016 yilning dekabrida Zohid Dusanov o‘rniga Davlat bojxona qo‘mitasiga rahbar etib tayinlangandi. U 2018 yilning fevralida qo‘mita raisligini ham tark etgandi.

Muidjon Tohiriy turli yillarda O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralarida mas'ul lavozimlarda ishlagan. 2010 yil sentyabrdan 2011 yil iyungacha O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi bo‘lgan, 2013 yilda Prezident xavfsizligi xizmatini ham boshqargan.

Uning qo‘lga olinishi qaysi davrdagi faoliyati bilan bog‘liqligi ma'lum emas.

Mavzuga oid