Jamiyat | 22:00 / 28.12.2018
56610
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan YTH oqibatida mansabdor shaxslar halok bo‘ldi

27 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida og‘ir yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. O‘zA xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kishi halok bo‘lgan.

Baxtsiz hodisa Nexia-3 rusumli avtomashina yo‘lda sirpanib, beton to‘siqqa borib urilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga olib kelgan. Halok bo‘lganlar orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari va Tuyamo‘yin-Nukus mintaqaviy suv o‘tkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassisi ham bor.

Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid