Jahon | 14:20 / 30.12.2018
45461
9 daqiqa o‘qiladi

2018 yil fotosuratlarda: Kosmosga chiqqan avtomashina, Yerdagi ofatlar va O‘zbekistondagi fleshmoblar

Yakunlanib borayotgan 2018 yilda har yilgidan ko‘ra ko‘proq shov-shuvli voqealar bo‘lib o‘tdi. Quyidagi fotogalereyada yilning eng asosiy voqealari va eng muvaffaqiyatli suratlar yana bir eslab o‘tiladi. Unda o‘quvchi Ilon Mask kosmosga olib chiqqan avtomobildan tortib, O‘zbekistondagi avtomobillar yangi yil arafasida o‘ziga xos fleshmob doirasida archa tasvirini hosil qilishganini ko‘rishi mumkin.

Menahem Kahana / AFP / Scanpix / LETA

Qushlar migratsiyasi. Isroil. 2018 yilning 22 yanvari
 

Foto: OFK

2018 yil, 27 yanvar. Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
 

SpaceX

6 fevralda Space X kompaniyasi dunyodagi eng og‘ir raketa-tashuvchi Falcon Heavy raketasining ilk parvozini amalga oshirdi. Raketa bortiga kompaniya rahbari Ilon Maskning qizil rangdagi Tesla Roadster mashinasi joylashtirildi.
 

Billy H.C. Kwok / Getty Images

2018 yilning 8 fevrali. Tayvandagi zilzila oqibatlari. 6,4 magnitudali zilzila oqibatida Tayvan sayyohlik markazi binosi va yana to‘rtta bino qulab tushdi. Yuzdan ortiq kishi halok bo‘lib, yuzlab kishilar jarohatlandi.
 

Martin Bureau / AFP / Scanpix / LETA

Fevral oyida Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki olimpiada o‘yinlari o‘tkazildi. Doping mojarosi tufayli Rossiya turnirdan chetlatildi, ammo rossiyalik sportchilarga Olimpiya atletlari bayrog‘i ostida ishtirok etishga ruxsat berildi
 

Olmo Calvo / AP / Scanpix / LETA

2018 yil, 18 fevral. Migratsiya muammolari bu yilda ham davom etdi. Afrika va Yaqin Sharqdan chiqqan qochqinlar Yevropa tomon xavfli yo‘nalishlarda intilishda davom etishdi. Suratda halokatga uchragan qochqinlar Liviya qirg‘oqlaridan 60 milya masofada qutqaruvchilarni kutishmoqda.
 

Aleksandr Zemlyanichenko / AP / Scanpix / LETA

2018 yil 1 mart. Vladimir Putinning Federal majlisga murojaatnomasi.
 

Foto: Rossiya FVV

25 mart kuni Kemerovo shahridagi «Zimnyaya vishnya» savdo markazida ro‘y bergan yong‘in oqibatida 65 kishi, jumladan 41 nafar bola halok bo‘ldi, marhumlar xotirasiga mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.
 

Foto: Aram Kirakosyan / AP

2018 yil, 17 aprel. Aprel oyida Armanistonda «Baxmal inqilob» bo‘lib o‘tdi va may oyi boshiga kelib so‘l siyosatchi Armen Sarksyan xalq yordamida sobiq prezident Serj Sargsyan bosh vazirlikdan iste'fo berishiga erishib, hukumatni qo‘lga oldi.
 

Korea Summit press pool / Reuters / Scanpix / LETA

 2018 yil, 27 aprel. Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In ikki mamlakat chegarasidagi harbiysizlashtirilgan hududda.
 

Valentin Yegorshin / Meduza

2018 yilning 5 mayi. Peterburg politsiyasi prezidentlikka qayta saylangan Putinga qarshi uning inauguratsiya marosimi arafasida muxolifatchi Aleksey Navalniy tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan «On nam ne tsar» («U bizga shoh emas») aksiyasi ishtirokchisini jazolashmoqda.
 

Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA

2018 yil, 11 may. G‘azo sektorida yana nizolar tiklandi.
 

Danny Lawson / pool / Reuters / Scanpix / LETA

2018 yil, 19 may. Amerikalik qora tanli qo‘shiqchi Megan Markl Buyuk Britaniya qirolligi shahzodasi Garriga turmushga chiqdi.
 

Marco Garcia / Reuters / Scanpix / LETA

2018 yil, 28 may. Havayidagi vulqon oqibatlari.
 

Jesco Denzel / Bundesregierung / AFP / Scanpix / LETA

2018 yil, 9 iyun. Kanadada «Katta yettilik» sammiti vaqtida
 

Evan Frost / Minnesota Public Radio / AP / Scanpix / LETA

2018 yil, 12 iyun. Yenot UBS binosi bo‘ylab ko‘tarilib bormoqda
 

Iman Al-Dabbagh dlya The Washington Post / Getty Images

2018 yil, 24 iyun. Saudiya Arabistonida ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat berildi
 

Viktor Kruchinin / TASS

2018 yil 25 iyun. Rossiyadagi jahon chempionatiga kelgan muxlislar bayram qilishmoqda
 

Stanislav Krasilnikov / TASS / Scanpix / LETA

2018 yil, 15 iyul. Jahon chempionati finali vaqtida Pussy Riot tashkiloti a'zolari «Lujniki» o‘yingohi maydoniga tushib kelishdi va «Militsioner o‘yinga qo‘shiladi» aksiyasi orqali o‘z noroziliklarini shu tariqa izhor qilishdi
 

Aleksey Nikolskiy / Sputnik / Scanpix / LETA

2018 yil, 15 iyul. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron jahon chempionati finalida fransuzlarning golini nishonlamoqda.

 

Reuters

2018 yil, 15 iyul. Fransiya jahon chempioni

2018 yil, 15 iyul. Jahon chempionati taqdirlash marosimi. Yomg‘ir sharros quyib turgan mahalda faqatgina Putinga soyabon keltirildi.

Brendan Smialowski / AFP / Scanpix / LETA

2018 yil, 16 iyul. Donald Tramp va Vladimir Putin Xelsinkidagi sammit vaqtida uchrashdi
 

Kent Porter / The Press Democrat / AP / Scanpix / LETA

2018 yil, 2 avgust. Kaliforniyada yirik o‘rmon yong‘inlari

 

Luca Zennaro / EPA / Scanpix / LETA

2018 yil 15 avgusti. Italiyaning Genuya shahrida avtomobil ko‘prigi qulashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi.
 

Ng Han Guan / AP / Scanpix / LETA

2018 yil, 18 avgust. Shimoliy koreyalik soldatlar
 

Reuters

2018 yil, 18 avgust. Venesueladagi inflatsiya: 14,600,000 bolivarga 2,4 kg og‘irlikdagi jo‘ja
 

Jiji Press / AFP / Scanpix / LETA

2018 yil 6 sentabr. Yaponiyadagi zilzila oqibatlari

 

James Yaingeluo / AP / Scanpix / LETA

2018 yil, 28 sentabr. Baliqchilar Mikroneziyadagi aviahalokatdan keyin jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishmoqda
 

Aaron Favila / AP / Scanpix / LETA

 2018 yil, 6 oktabr. Indoneziyadagi zilzila oqibatlari

 

Reuters

2018 yil oktabr. Hondurasda ochlik 
 

Jeff J. Mitchell / Getty Images

2018 yil, 3 oktabr. Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Konservativlar partiyasi konferensiyasining oxirgi kunida sahnaga raqs tushib chiqib kelmoqda.
 

Tapachuladan Syudad-Idalgoga yo‘l
Pedro Pardo / AFP / Scanpix / LETA

Oktabr oyi oxirida iqtisodiy qashshoqlik ichida qolgan Hondurasdan chiqqan minglab kishilar AQSh tomonga yo‘l olishdi. Markaziy Amerika va Meksika bo‘ylab o‘tgan hondurasliklarning bir qismi hibsga olindi, ko‘pchilik ortga qaytishga majbur bo‘ldi.
 

Foto: epa/vostock-photo

Noyabr oyida Kaliforniya shtatida yanada yirik va dahshatli o‘rmon yong‘inlari bo‘lib o‘tdi. Tabiiy ofatlar natijasida yuzlab kishilar halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak ketdi. Bu Qo‘shma Shtatlar tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlari bo‘ldi
 

Marc Lester / Anchorage Daily News / AP / Scanpix / LETA

 2018 yil, 30 noyabr. Alyaskada zilzila oqibatlari
 

Alain Jocard / AFP / Scanpix / LETA

2018 yil, 1 dekabr. Noyabr oyining ikkinchi yarmida Fransiyada benzin va yoqilg‘i narxlari oshishiga qarshi «Sariq jiletlilar» aksiyasi boshlandi. Ikki hafta davom etgan aksiyalardan keyin Fransiya hukumati yon berishga majbur bo‘ldi, yoqilg‘i narxlari oshmaydigan bo‘ldi. Keyinroq namoyishchilar boshqa ijtimoiy islohotlar o‘tkazishni va mamlakat prezidenti Emmanuel Makronning iste'fosini ham talab qilishdi va namoyishlarning yangi to‘lqini boshlandi.

 

ESA/DLR/FU Berlin

Yevropa kosmik agentligi Marsdagi Korolyov kraterining Mars Express zondi tomonidan olingan fotosuratini e'lon qildi. Sovet kosmik apparatlari konstruktori Sergey Korolyov sharafiga nomlangan krater Marsning shimoliy qutb qalpog‘ini o‘rab turuvchi Olimpiya qumtepa maydonlarida joylashgan. Korolyov kraterining diametri 82 kilometr bo‘lib, to‘liq muz bilan qoplangan. Muz qoplami yil davomida erimaydi. Krater markazida muzning qalinligi 1,8 kilometrga yetadi. 
 

Foto: AP

22 dekabr kuni Indoneziya qirg‘oqlariga sunami yopirildi. Halok bo‘lganlar soni 400 nafardan oshdi, 800dan ortiq kishi jabrlandi.
 

Foto: «Daryo»

Vodiy viloyatlaridagi siqilgan gaz quyish shoxobchalarida kilometrlab navbatlar yuzaga kelgan vaqtda Namangan shahridagi otchopar hududida haydovchilar tomonidan Yangi yil fleshmobi o‘tkazildi: 400 ta avtomobildan archa hosil qilindi. YHXB avtomobillari esa uning yulduzi bo‘lishdi. Keyinchalik bu fleshmobga Samarqand va Buxorodagi avtomobillar egalari ham qo‘shilishdi.

Foto: «Daryo»
Foto: «Daryo»

Aziz Qarshiyev 

Mavzuga oid