O‘zbekiston | 16:58 / 02.01.2019
8939
1 daqiqa o‘qiladi

Financial Times O‘zbekiston va Tojikistonga tashrif buyurishni tavsiya qildi

Foto: Flickr

Financial Times xalqaro ishbilarmonlik gazetasi Tojikistonni sayyohlarga 2019 yilda tashrif buyurish tavsiya etiladigan sakkiz davlat ro‘yxatiga kiritdi.

6-o‘rinda joylashgan Tojikistondan tashqari, ro‘yxatga quyidagi davlatlar kiritildi: Kambodja, Farer orollari, Ruanda, Ummon, Eritreya, Beliz va Italiya.

Material mualliflari qo‘shni O‘zbekiston orqali Tojikistonning shimoliy qismiga borishni maslahat berishmoqda.

Financial Time’ning qayd etishicha, O‘zbekiston elektron vizalar yangi tizimi, Yevropadan Toshkentga ko‘proq reyslar va Toshkentdan Samarqand hamda Buxoro shaharlariga tezyurar temir yo‘l qatnovi tufayli sayyohlar uchun yanada qulayroq bo‘ldi.

Mavzuga oid