Jahon | 18:27 / 03.01.2019
8360
2 daqiqa o‘qiladi

Disney "oltin asri"ning so‘nggi animatori 106 yoshida vafot etdi

Foto: instagram/@disneyarl

Walt Disney studiyasi "oltin asri"ning so‘nggi animatori Don Lask 106 yoshida AQShda hayotdan ko‘z yumdi. Hollywood Reporter uning o‘g‘liga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, Don Lask 30 dekabr kuni Kaliforniyadagi qariyalar uyida vafot etgan.

Lask 1933 yildan 1960 yilgacha Walt Disney studiyasida faoliyat yuritgan va "Pinokkio"(1940) , "Bembi"(1942), "Zolushka"(1950), "Alisa mo‘'jizalar mamlakatida"(1951), "Piter Pen"(1953), "101 dalmatin" (1961) va boshqa qator multfilmlar yaratilishida ishtirok etgan. 

Disney'dan ketganidan keyin u rejissyor Bill Melendesning animatsion studiyasida ishlagan va u yerda "Snupi, uyga qayt" hamda "Charli Braun" multfilmlari yaratilishi ustida ish olib borgan. 

The Walt Disney Company'ga 1923 yilda Uolt Disney tomonidan asos solingan. U AQShning eng yirik kompaniyalaridan va jahon ko‘ngilochar sanoati yetakchilaridan biridir. 

Mavzuga oid