Jahon | 00:25 / 03.01.2019
9511
1 daqiqa o‘qiladi

Gollandiyalik fazogir koinotdan qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgani haqida so‘zlab berdi

Foto: MICHEL PORRO/GETTY IMAGES

Gollandiyalik fazogir Andre Keypers Xalqaro koinot stansiyasidan turib tasodifan AQSh qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgani haqidagi voqeani gapirib berdi. Bu haqda Newsweek jurnali xabar berdi.

Fazogirning aytishicha, u bir kuni Xyustondagi Jonson nomidagi kosmik markaz bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganida vaznsizlik oqibatida 9011 raqami o‘rniga 911 raqamini terib yuborgan.

Ertasi kuni u nima uchun qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgani haqida so‘ralgan elektron xat olgan. Aniqlanishicha, qutqaruvchilar qo‘ng‘iroqdan keyin Yer va stansiya o‘rtasida aloqa qilish qurilmalari joylashgan xonani tekshirish uchun kelishgan. “Men ular xabar olish uchun oldimga ko‘tarilmaganlaridan xafa ham bo‘lganman”, deb hazillashgan Keypers.

Mavzuga oid