Jahon | 09:04 / 22.10.2020
8862
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro koinot stansiyasidan uch fazogir Yerga qaytdi

Foto: RIA Novosti

Xalqaro koinot stansiyasidan ajralgan “Soyuz MS-16” kemasi ikki rossiyalik va bir amerikalik fazogir bilan Yerga qaytdi. Kema Qozog‘istonda qo‘ndi.

Kema stansiyadan Toshkent vaqti bilan soat 4.32da ajralgan. Uning bortida rossiyalik Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner hamda amerikalik Kris Kessidi Yerga qaytdi. Fazogirlar XKSda 9 apreldan beri faoliyat olib borayotgandi.

Hozirda stansiyada 64-ekspeditsiya a'zolari - rossiyalik Sergey Rijikov va Sergey Kud-Sverchkov hamda amerikalik Ketlin Rubins qolmoqda. Ular Yerga 2021 yil 9 aprelida qaytadilar. 

Kessidi Yerga qaytishdan oldin stansiyada sardorlikni Rijikovga topshirgan.

Yerga qaytgan fazogirlarning evakuatsiyasi pandemiya sharoitida qisqartirilgan ssenariy bo‘yicha o‘tkazilgan. Ekipajga virus yuqtirmaslik uchun qo‘nish maydonchasidagi shaxsiy tarkib soni qisqartirilgan.

14 oktyabrda “Soyuz MS-17” kemasi XKSga birinchi marta o‘ta qisqa trayektoriya bo‘yicha uchib, unga bor-yo‘g‘i 3 soat 3 daqiqada yetib olgan va rekord o‘rnatgan. 

Mavzuga oid