O‘zbekiston mamlakat mudofaasini boshqarish milliy markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston mamlakat mudofaasini boshqarish milliy markazi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Hujjat bilan mamlakat mudofaasini boshqarish milliy markazini yaratish va faoliyatini ta'minlash, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida qo‘shinlarni boshqarish tartibini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, qo‘shinlarni 2018-2021 yillarda zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta'minlash, ularni modernizatsiya qilish va ta'mirlash bo‘yicha kompleks dasturni sifatli ijro etish, davlat mudofaa buyurtmasi va mudofaaga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish mo‘ljallanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mudofaa qobiliyati mustahkamlanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasida kosmik suratlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
07:51 / 12.12.2024
AQShda kongressmenlar 2025 yil uchun mudofaa budjetini tasdiqladi
15:22 / 05.12.2024