Light | 00:42 / 09.01.2019
44682
4 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun xitoyliklar fazoga boshqalar bilan birga parvoz qilishmaydi?

20 yil muqaddam, 1998 yilning 20 noyabrida Yer orbitasiga Xalqaro kosmik stansiyasining (XKS) ilk moduli chiqarilgan. Bu Rossiyaning funksional-yuk bloki «Zarya» edi, keyinchalik unga AQSh, Kanada, Yaponiya va Yevropa mamlakatlariga tegishli bo‘lgan yana bir necha modullar qo‘shildi. Shunday qilib, XKS insoniyat tarixidagi yer orbitasi yaqinida amalga oshirishga erishilgan ilk yirik xalqaro loyihaga aylandi.

Qiziq, yirik fazo stansiyasini yaratish g‘oyasi amerikalik prezident Ronald Reyganga tegishli. Biroq loyiha ustida bir necha yil ish olib borishganidan keyin amerikaliklar buni bir o‘zlari eplay olmasliklarini tushunishdi va loyihaga yana ko‘plab mamlakatlar jalb etildi.

Yer ustidagi 460 tonna

Stantsiya alohida modullar tamoyili asosida yaratilgan. Hozirgi paytda ular 15 ta. Uning vazni 460 tonnaga yaqin. Maydoni esa futbol maydoniga teng.

Uni har kim ko‘ra oladi

XKSni Yerda turib, maxsus jihozlarsiz ko‘rish mumkin. U tungi osmonda yorqinligi bo‘yicha Oy va Veneradan keyin ikkinchi o‘rindagi obekt sanaladi.

Quyosh sutkasiga 16 marta chiqadi

XKS Yer atrofini bor-yo‘g‘i 90 daqiqada aylanib chiqadi. Aynan shu sababli har 45 daqiqada stansiya ekipaji tong otishi va kun botishini kuzata oladi. Yer uchun an'anaviy sutka davomida XKSdagilar quyoshning chiqishini 16 marta va quyosh botishini 16 marta kuzatishlari mumkin.

Faqat Quyosh energiyasi

XKSning faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha energiya quyosh panellari yordamida olinadi.

Aqlbovar qilmas tezlik

Stantsiya soatiga 27 700 km tezlikda harakatlanadi.

Xitoylik kosmonavtlar yaqin kelajakda XKSda bo‘la olishmaydi, chunki 2011 yilda AQSh kongressi Xitoy bilan fazo sohasidagi har qanday hamkorlikni ma'n qilgan. Biroq bu holat xitoyliklarni umuman xafa qilmadi: ularning fazogirlari Xitoy tomonidan mustaqil yig‘ilgan va orbitaga yuborilgan fazo stansiyalariga uchishadi.

Fazoga uchishni istaysanmi- rus tilini o‘rgan

NASA tomonidan XKSga parvoz uchun tayyorlanadigan barcha amerikalik fazogirlar rus tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirishlari lozim.

Qancha baland bo‘lsa, shuncha tejamkor

Bugun XKS orbitasi Yer yuzasidan 410-430 kilometr diapazonidagi balandlikda joylashgan. Biroq har doim ham bunday bo‘lmagan. Dastlab stansiya amerikancha «Shattllar» unga yetib bormasligi uchun ancha past 330-350 kilometr balandlikda uchgan. Biroq 2011 yilda amerikacha dastur yopilgach, stansiya yuqoriroq joylashtirildi. Shu yo‘l bilan energiyani sarflash qisqartirildi.

Yaqinda Rossiyaning yangi moduli «Nauka» paydo bo‘ladi, u hozirda mavjud bo‘lgan «Pirs» modulining o‘rnini bosadi.

XKS yana qancha ishlaydi?

XKS ekspluatatsiyasining yakunlanishi 2024 yilga mo‘ljallangan. Loyihaning ayrim ishtirokchilari hamda xususiy korxonalar tomonidan XKSning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish borasidagi takliflarga qaramay, stansiyani orbitadan olib ketadigan xizmat ko‘rsatish moduli yoqilg‘i bilan to‘ldirila boshlandi. 

Mavzuga oid