Toshkent viloyatidagi maktabda direktor o‘qituvchilarni obunaga majburlagan
2018 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Huquqiy nazorat Xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 31-maktabning pedagog xodimlarini obunaga majburlanayotganlik holati bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, o‘rganish jarayonida maktab direktori ta'lim muassasasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarga dekabr oyidagi maoshlari hisobidan 200 ming so‘mdan, shuningdek, sinf rahbarlaridan esa belgilangan 200 ming so‘mdan tashqari yana qo‘shimcha 300 ming so‘mdan (kerak bo‘lsa ota-onalardan yig‘ib) gazeta va jurnallarga majburiy obuna bo‘lishlarini bir necha bor ta'kidlaganligi aniqlangan. Lekin oylik ish haqi berilmaganligi sababli obunaga pul yig‘ilmagani, direktor tomonidan haqiqatan ham obunaga majburlash sodir etilgani ma'lum bo‘lgan.
Tekshiruv jarayonida mutasaddilar tomonidan maktab rahbari hamda jamoaga majburiy obuna uchun pul yig‘ish noqonuniy ekanligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, 31-sonli maktab direktoriga o‘qituvchilarni obunaga majburlagani uchun mehnat qonunchiligiga ko‘ra chora ko‘rildi, deyiladi xabarda.
Xalq ta'limi vazirligi hududiy rahbarlardan ta'lim tizimi xodimlarining huquqlari buzilishining oldini olishga alohida e'tibor qaratishni so‘ragan.
Mavzuga oid
21:12 / 14.12.2024
Toshkent viloyatida 649 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
20:14 / 28.11.2024
Uber obuna rejasi tufayli Amerika regulyatori tomonidan tekshiriladi
18:09 / 25.10.2024
Yangi Toshkent shahri uchun Toshkent viloyatidan qo‘shimcha yer ajratildi
14:02 / 26.07.2024