Jahon | 21:28 / 14.01.2019
7670
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklar Oyda 3D-printer yordamida baza qurmoqchi

Foto: China National Space Administration

Xitoyning aerokoinot sohasi muhandislari “Chan'e-4” stansiyasini Oyga muvaffaqiyatli qo‘nib, ishlay boshlaganidan keyin 3 o‘lchamli bosma texnologiyalarini qo‘llagan holda Oyda baza qurishni boshlamoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Ta'kidlanishicha, Yerning yo‘ldoshidagi bunday obekt Marsdagi missiya uchun 3 o‘lchamli bosma yordamida qurish texnologiyasi sinaladigan poligonga aylanishi mumkin.

Xitoylik mutaxassislarning fikricha, Oy bazasi qurilishini joriy yil oxirida boshlash mumkin. Oy sirtida birinchi obekt unga “Chan'e-5” qurilmasi qo‘ngandan keyin bosilishi mumkin. Xitoy milliy koinot boshqarmasida ta'kidlanishicha, loyiha uncha qimmatga tushmaydi: modulning Oyga jo‘natilishi va yerliklar uchun Oyda ilk “uy” qurilishi bir kilometr uzunlikdagi metro qurish xarajatlariga teng ekan.

Mavzuga oid