Jahon | 18:05 / 17.01.2019
8675
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda 2018 yilda o‘n mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi va jarohatlandi

Foto: AP Photo/Massoud Hossaini

2018 yilda Afg‘onistondagi nizolar oqibatida 10 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi va jarohatlandi. Bu haqda Human Righs Watch tashkilotining rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Hisobotda aytilishicha, o‘tgan yilning oktyabrida mamlakatdagi parlament saylovlari o‘tkazilgan kunlari 400dan ortiq kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan.

Tashkilotning ma'lumotiga ko‘ra, 2018 yilda Afg‘onistonda 14 nafar jurnalist halok bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, o‘tgan yili AQSh va Afg‘oniston HHK aviazarbalari natijasida 600dan ortiq kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan bo‘lib, ularning 60%i ayollar va bolalardir.  
Hisobotda qayd etilishicha, "Viloyat Xuroson" jangari guruhi Afg‘onistondagi shialar jamoatchiligiga qarshi  2018 yil davomida ko‘plab xurujlarni amalga oshirgan. Shuningdek, toliblarning hujumlari oqibatida yuzlab tinch aholi o‘ldirilgan va yarador bo‘lgan.

Mavzuga oid