Jamiyat | 16:46 / 17.01.2019
25905
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda fuqaroning sham ustiga yiqilishi yong‘in va o‘lim bilan yakunlandi

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 2019 yil 15 yanvar kuni taxminan soat 23:50larda “Beshqovoq” MFYda yashagan D.S. uyida mast holda yonib turgan shamning ustiga yiqilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda uyning jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda D.S.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. 

Holat yuzasidan surishtiruv ishlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid