Rossiyaning Qirg‘iziston va Tojikistondagi harbiy bazasida mashqlar boshlandi
Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari mashqlari 24 yanvar, payshanba kuni Sibir, Ural va Volgabo‘yi kabi 15 mintaqada, shuningdek, mamlakatning Qirg‘iziston va Tojikistondagi harbiy bazasida boshlandi. Bu haqda TASS Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.
Xabar qilinishicha, qo‘shinlar birgalikda boshlangan qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari doirasida o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarilgan.
Aniqlik kiritilishicha, mashg‘ulotlar davomida qo‘shinlar ko‘chma dala punktlari hududlariga joylashtiriladi, qo‘shinlarni barqaror boshqarish masalalarini amaliy rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlar avvaldan rejalashtirilgan va shu haftaning oxirigacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya armiyasi jangovar robotlarni qabul qilib olgandi.
Mavzuga oid
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi
19:55 / 23.12.2024