Jahon | 13:40 / 24.01.2019
18616
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina sobiq prezidenti davlatga xoinlik qilishda aybdor deb topildi

Foto: UNIAN

Kiyevning Obolonskiy rayon sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni davlatga xoinlik qilishda aybdor deb topdi.

«Ayblanuvchining jinoyatlar sodir etganligi rad etib bo‘lmas dalillar bilan isbotlandi», degan sudya.

Yanukovich davlatga xoinlik qilish, mamlakat chegarasini o‘zgartirishda ishtirok etish va urush olib borishda ayblangan. Sobiq prezident barcha ayblovlarni rad etmoqda. Unga nisbatan hukm sirtdan e'lon qilinadi, chunki Yanukovich 2014 yildan buyon Rossiya hududida yashamoqda.

Sud davlatga xiyonat qilish bo‘yicha ishni 2017 yil iyunida ko‘rib chiqishni boshlagandi. Davlat ayblovchilari barcha ayblovlar bo‘yicha Yanukovichni 15 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ramoqda.

Mavzuga oid